Eron havo hududiga AQSh droni kirdi. Ayni paytda u mamlakat hududini tark etgan, deb xabar beradi “RBK” Reuters’ga asoslanib.
“Eron havo hujumidan himoya armiyasi AQSh dronini aniqlab, uni mamlakat havo hududini tark etishi lozimligidan ogohlantirdi”, — ma’lum qildi harbiylar.
Ularning ma’lumotlariga qaraganda, dron Afg‘onistondan uchib kelgan.
Izoh (0)