Iroqda xudkush terrorchining Karbalo shahridagi shia obidasi yonida o‘zini portlatib yuborishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Boshqa manbalarga ko‘ra, qurbonlar soni 18 kishidan kam emas. Jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritilmoqda.
Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh o‘z zimasiga olmadi.
Izoh (0)