Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda tanglikni bartaraf etish tizimini tuzish va yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalar yuzasidan yangi majburiyatlarni qabul qilishni taklif etdi. Bu tashabbusni u mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan “Yadro qurolisiz dunyoni qurish” xalqaro anjumani chog‘ida bildirdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda tanglikni bartaraf etish tizimini tuzish lozim. Shuningdek, odatiy qurol-yarog‘ turlari va yangi harbiy texnologiyalarni tarqatilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish talab etiladi”, — deya ta’kidladi Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti barcha mamlakatlar hukumatlarini yadro xavfsizligi uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan xalqaro shartnomalarni mustahkamlovchi yangi majburiyatlarni qabul qilishga chaqirdi. “Mamlakatlari va xalqlari nomidan ishtirok etayotgan barcha parlament vakillariga bu borada faol ishtirok etishlarini so‘rayman”, — deya murojaat etdi davlat rahbari.
Izoh (0)