Afg‘oniston g‘arbidagi portlash uch kishi halok bo‘lishiga olib keldi, 8 kishi jarohat olgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 29-avgust, dushanba kuni G‘ur viloyatida sodir bo‘ldi. Mikroavtobus Feruz-ko‘h shahri markazi yaqinidagi yo‘lga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilmaga duch kelgan.
Rasmiylar teraktni “Tolibon” harakati jangarilari uyushtirganini bildirmoqda.
Izoh (0)