Italiya markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 278 kishiga yetdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Muqaddam qurbonlari soni 267 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.
Zilzila 25-avgustda Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.
24–25-avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Izoh (0)