Rossiyadagi “Harbiy-sanoat kompaniyasi” tomonidan mobil telefon orqali boshqarish mumkin bo‘lgan zirhli avtomobil yaratildi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Aleksandr Krasovitskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Bugun deyarli istalgan mashinani robotga aylantirsa bo‘ladi. Bizda ekipaj bilan va ekipajsiz foydalanish mumkin bo‘lgan mashinalar bor. Ularni deyarli mobil telefon orqali boshqarish mumkin, biz buni amalga oshirdik”, — deya ta’kidladi Krasovitskiy. U aynan qaysi model haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, bosh direktor ekipajga ega mashinaning afzalligini e’tirof etdi. Krasovitskiyga ko‘ra, inson jang maydonidagi vaziyatni robotga qaraganda yaxshiroq baholaydi.
Izoh (0)