Tergov Moskva shahri markazidagi “Sitibank” bo‘limini egallab olinishiga undagan asosiy sabab sifatida buni amalga oshirgan shaxsning og‘ir moliyaviy holatini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Tergov qo‘mitasi Moskva shahar boshqarmasi rahbarining katta yordamchisi Yuliya Ivanova ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Boshqarma tergovchilari jinoyatning asosiy omili tariqasida gumonlanuvchining og‘ir moliyaviy holati va turli banklar oldidagi qarzdorlikni qoplash imkoniyatining mavjud emasligini ko‘rib chiqmoqda”, — deya ta’kidlagan Ivanova.
26-avgust, juma kuni sud gumonlanuvchi — Aram Petrosyanning hibsga olish masalasini qo‘rib chiqishi kutilmoqda.
Izoh (0)