Markaziy Italiyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 267 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmatiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Oldinroq tabiiy ofat oqibatida 250 kishi qurbon bo‘lgani bildirilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 400 ga yaqin kishi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonalarda davolanmoqda, 1000 ga yaqin odam boshpanasiz qoldi. Vayron bo‘lgan shaharlar tog‘li hududda bo‘lgani va yo‘llar ham abgor holga kelgani sababli qutqaruv texnikasining tabiiy ofat hududiga yetkazilishi qiyin kechmoqda.
Izoh (0)