Pentagon Rossiyada 25-avgust, payshanba kunidan boshlangan keng ko‘lamli harbiy mashqlarga munosabatini bildirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Rossiya qurolli kuchlarida harbiy tayyorgarlikning to‘satdan tekshirilishi boshlanganidan xabarimiz bor. Rossiya mavjud kelishuvlar doirasidagi tegishli majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, qo‘shnilari oldida mazkur harakatlar ko‘lami va yo‘nalishi borasidagi shaffoflik ta’minlanishini kafotlatlashiga umid qilamiz”, — deya ta’kidlagan Pentagon vakili Mishel Baldansa.
Vakilga ko‘ra, AQSh tekshirishlar, shuningdek, ulardan keyinga mo‘ljallangan “Kavkaz-2016” strategik mashg‘ulotlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq vaziyatni sinchiklab kuzatib bormoqda. Ayni paytda, Ukraina sharqida zo‘ravonlikning faollashgani va Rossiya o‘tkazayotgan mashqlar ushbu mamlakatga yaqinligidan xavotir bildirmoqda.
Izoh (0)