Forbes nashri har yili tuzadigan Rossiyaning eng boy oilalari reytingida yana Gutseriyevlar oilasi yetakchilik qildi. Ushbu oilaning davlati bir yilda ikki yarim barobar, 9,8 milliard dollargacha o‘sdi.
BIN guruhi asoschisi milliarder Mixail Gutseriyev 40 ga yaqin amakivachcha, xolavachcha, tog‘avachcha, ammavachchalari va jiyanlari borligini tan oladi. Ammo biznesda hozircha faqat ukasi — milliarder Sait-Salam va opasining o‘g‘li — milliarder Mikail Shishxanovning ulushi bor.
Reytingda ikkinchi o‘rinni o‘tgan yildagi kabi Rotenberglar oilasi 2,8 milliard dollarlik umumiy boyligi bilan egalladi. Bir yil ichida “Stroygazmontaj” kompaniyasi asoschilari, aka-uka Arkadiy va Boris Rotenberg va ularning o‘g‘illari Igor va Romanning davlati 150 million dollarga kamaydi.
Eng boy oilalar uchligiga bu yil aka-uka Aleksey va Dmitriy Ananyevlar yakun yasadi. “Promsvyazkapital” kompaniyasi egalarining umumiy davlati 2,8 milliard dollarga baholandi.
Shuningdek, reytingga ota-bola Shamalovlar, aka-uka Shaymiyevlar (1,7 milliard dollar), aka-uka Sarkisovlar (1,4 milliard dollar), aka-uka Bajayevlar (1,25 milliard dollar), aka-uka Raximkulovlar (1,2 milliard dolar), aka-uka Magomedovlar (1,15 milliard dollar), shuningdek, aka-uka Mutsoyevlar (950 million dollar) kirdi.
Izoh (0)