Astronomlar xalqaro guruhi Quyoshga eng yaqin yulduz — Proksima Sentavrda Yerga o‘xshash Proxima b ekzosayyorasi aniqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Sayyora qizil mitti yulduzni 11,2 kun mobaynida to‘liq aylanib chiqadi. Uning og‘irligi Yer massasidan 1,27 barobar ko‘proq. Samoviy jism radiusini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, sayyora yulduzning suv uchun harorat yetarli bo‘lgan yashash hududida joylashgan.
Izoh (0)