BMT Turkiya tomonidan Suriya hududida boshlangan IShIDga qarshi quruqlikdagi operatsiyani diqqat bilan kuzatib bormoqda va Anqara hamda boshqa davlatlarni xalqaro me’yorlarga rioya etish, tinch aholi xavfsizligini ta’minlashga chaqiradi. Bu haqda xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“IShID va boshqa terrorchi guruhlar bilan kurash xalqaro hamjamiyat uchun asosiy masala bo‘lib qolmoqda. Bosh kotib IShIDning Turkiyaga nisbatan hujumlarini qat’iy qoralab kelgan. Shu bilan birga, BMT barchani xalqaro me’yorlar va tamoyillarni hurmat qilishga chaqiradi. Tomonlar har qanday sharoitda ham tinch aholi va fuqarolik infrastrukturasi obyektlarini himoya qilishi lozim”, — deya ta’kidlagan Dyujarrik.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)