AQShning Luiziana shtatidagi Bayu-Segnett milliy parkida timsoh yosh amerikalikka tashlanib, unga og‘ir jarohatlar yetkazdi. Bu haqda NBC telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy qisqichbaqa ovlovchisi Chad Soilga ko‘ra, hodisa Missisipi daryosi va Katauetch ko‘li bilan bog‘langan kanalning qayiq stansiyasida sodir bo‘ldi.
“Bir necha politsiyachilar suvda nimanidir kuzatayotganiga guvoh bo‘ldim. Yaxshiroq nazar solib, ulkan timsohni payqab qoldim. Uning uzunligi salkam 5 metrga yetardi, bunday yirik yirtqichni hali ko‘rmaganman”, — deya hikoya qildi Soil.
Qisqichbaqa ovlovchisining ta’kidlashicha, tez tibbiy yordam brigadasi yigitni zambilda olib ketgan. Politsiya boshqarmasi mazkur hodisani hali tasdiqlagani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Luiziana timsohlarning odamga tashlanishini bo‘yicha AQShda oltinchi o‘rinda turadi, bu borada Florida shtati peshqadamlik qilmoqda.
Izoh (0)