Italiyada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 247 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Aniqlik kiritilishicha, qutqaruvchilar Amatriche, Akkumoli, Peskare va Arkuata-del-Trontoda qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.
24–25-avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Izoh (0)