Italiya markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 250 kishiga yetdi. Bu haqda, ANSA agentligiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbon bo‘lganlar soni 247 kishini tashkil qilgani bildirilgan edi.
365 kishiga shifoxonalarda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan 03:36 da (Toshkent vaqti bilan 06:36 da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi epitsentri Riyeti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi.
24–25-avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e’lon qilindi.
Izoh (0)