Turkiyadagi to‘ntarishga aloqadorlikda gumon qilingan harbiy Gretsiyaga qochdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Harbiy Samos orolidagi plyajga suv mototsiklida yetib kelgani bildirilmoqda. U politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va siyosiy boshpana so‘ragan.
Milliy razvedka xizmati xodimlari ishtirokida turk harbiysi so‘roq qilindi. U o‘zining to‘ntarishga aloqadorligini rad etmoqda.
Izoh (0)