Andijon shahrida Damas piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 11-avgust kuni soat 00:00 larda Andijon shahar 3-kichik daha Mashrab ko‘chasida, 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi T.R. o‘zining Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oldinda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan D.U.ni urib yuborgan.
Ushbu YTH oqibatida bola olgan tan jarohatlari bilan Respublika SHTTYIAM Andijon filialiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu kabi hodisa Andijonda joriy yilning 25-fevral kuni ham sodir bo‘lgan edi. Unda Oltinko‘l tumanida Damas yo‘ldan yugurib o‘tayotgan 10 yoshli bolani urib yuborgan.
Izoh (0)