Daryo

OAV: Turkiya maxsus bo‘linmalari Suriya hududiga kirdi

Operatsiya Suriya shimolidagi Jarablus viloyatini IShID jangarilaridan tozalashga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish19 974 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Turkiya tomonidan olib borilayotgan Suriya shimolidagi Jarablus viloyatini IShID jangarilaridan tozalash operatsiyasi doirasida turk maxsus bo‘linmalari Suriya hududiga kirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. 

Foto: Reuters

Manbalarga ko‘ra, turk qo‘shinlarining quruqlikdagi operatsiyasi hali boshlanmadi, biroq chegarada bunga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Oldinroq Turkiya artilleriyasi xalqaro koalitsiya bilan birgalikda o‘tkazilayotgan operatsiya davomida Jarablusga zarbalar bergan va aviaparvozlarni amalga oshirgandi. Artilleriya Jarablusdagi 63 ta marraga jami 224 marotaba zarba bergani bildirilmoqda. 

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar