Kobuldagi Amerika universitetiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida 12 kishi, shu jumladan, yetti nafar talaba halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi politsiya vakillariga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 44 kishi, jumladan 35 talaba yaralangan.
24-avgust kuni Afg‘oniston poytaxtidagi o‘quv muassasasi darvozasi yonida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, shundan so‘ng jangarilar universitet majmuasi hududiga kirdi. Keyinroq Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari ikki jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)