AQShning F-16 qiruvchi va A-10 shturmchi samolyotlari Suriyaning Jarablus shahridagi marralarga havodan zarbalar berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Amerika harbiylari shu tariqa mazkur hududda IShIDga qarshi kurash olib borayotgan turk qo‘shinlari va Suriya qurolli muxolifati otryadlariga ko‘mak berayotgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Suriya TIV Turkiyani IShIDga qarshi kurash bahonasida mamlakatga bostirib kirishda aybladi va uning hududidagi terrorchilikka qarshi har qanday operatsiyalar rasmiy Damashq bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi lozimligini ta’kidlagandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)