Shimoliy Koreya AQShni ogohlantiruvchi yadro zarbasi berishni rejalashtirishda aybladi. Ayblov AQSh mudofaa vazirligi Tinch okeani hududiga B-1B Lancer bombardimonchilari yuborilishini ma’lum qilganidan so‘ng ilgari surildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
4-avgust kuni AQSh mudofaa vazirligi 10 yil mobaynida ilk bor Tinch okeani hududiga B-1B Lancer strategik bombardimonchilari eskadrilyasini jo‘natishi ma’lum bo‘ldi. Samolyotlar Guam orolidagi Andersen bazasiga yetkaziladi va bu yerda B-52 bombardimonchilarini almashtiradi.
Izoh (0)