2004-yili Afinada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarining bronza medali sovrindori, braziliyalik marafonchi Vanderley Kordeyru Rio-de-Janeyro shahridagi “Marakana” stadionida Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari mash’alasini yoqdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Rio–2016 Olimpiadasining ochilish marosimi bugun, Toshkent vaqti bilan erta tongda bo‘lib o‘tdi. Avvalroq shifokorlar Braziliya futboli afsonasi Pelega Olimpiada mash’alasini yoqishga ruxsat bergandi, ammo u sog‘lig‘idagi muammo tufayli ochilish marosimida ishtirok eta olmadi.
Mazkur Olimpiada o‘yinlarida 28 sport turi bo‘yicha 306 ta medallar komplekti o‘ynaladi.
To‘rt yillikning eng nufuzli turnirida ilk marta Yevropada yashovchi qochoqlar jamoasi ishtirok etadi. Mazkur jamoa tarkibidagi sportchilar Olimpiada bayrog‘i ostida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlari ilk marotaba Janubiy Amerika qit’asida o‘tkazilmoqda. Musobaqa davomida 500 ming sayyoh Rio-de-Janeyroga kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)