AQShning Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlaridagi sport gimnastikasi bo‘yicha ayollar terma jamoasining har bitta sport libosi taxminan 1200 dollar turadi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Har bir libosga 5 mingga yaqin Swarovski kristallari qadalgan. Taqqoslash uchun, 2008-yilgi O‘yinlarda kristallar 184 ta, 2012-yilgi O‘yinlarda esa 1188 ta bo‘lgan.
“Formaga bundan ko‘proq kristall sig‘dirish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Biz, ehtimol, bunda eng yuqori cho‘qqiga erishdik”, — dedi amerikalik sportchilar uchun forma yaratadigan kompaniya vakili.
Izoh (0)