Xitoy hukumati Xitoy bilan aloqalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi Yaponiya delegatsiyasi a’zosini razvedka faoliyati olib borgani uchun hibsga oldi, deb yozadi “TASS” Xitoyning obro‘li Global Times nashriga tayanib.
“Nashrga yaponiyalik manba ma’lum qilishicha, bu odam Yaponiya-Xitoy do‘stlik uyushmasiga aloqador bo‘lishi mumkin”, — deya qayd etdi gazeta. Ammo uyushmaning o‘zi ushbu shaxsga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
28-iyul kuni Yaponiyaning Kyodo agentligi ushbu fuqaro Pekinda 11-dan 15-iyulgacha bo‘lgani va belgilangan sanada Yaponiyaga qaytib ketmaganini ma’lum qilgan edi. U bilan haligacha aloqa o‘rnatilmagan. Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomonidan mamlakat diplomatlarini hibsga olingan shaxs bilan uchrashtirishni talab qilmoqda.
Izoh (0)