KXDRda chet elda ishlaydigan mamlakat fuqarolari ustidan nazorat uchun mas’ul bo‘lgan olti amaldor qatl qilindi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligiga O‘g‘irlab ketilgan oilalar a’zolari assotsiatsiyasi raisi Choy Son Yon ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Kim Chen In olti kishini, jumladan, razvedka xodimlarini o‘z vazifasini bajar olmaganligi uchun omma oldida qatl qilishni buyurdi”, — deb xabar qiladi agentlik.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, qatl jarayonida 200 ga yaqin kishi — qatl qilinganlarning hamkasblari va chet elda ishlaydigan fuqarolarning oila a’zolari ishtirok etgan.
Izoh (0)