Besh nafar amerikalik harbiy xizmatchi Afg‘onistonda IShID terrorchilik guruhiga qarshi operatsiya chog‘ida jarohatlar oldi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda Reuters AQShning Afg‘onistondagi kontingenti qo‘mondoni general Jon Nikolsonga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar Afg‘oniston maxsus topshiriqli bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Nangarxar provinsiyasining IShID nazorati ostidagi tumanlarini tozalash operatsiyasi chog‘ida yaralangan.
Nikolson ta’kidlashicha, jabrlanganlarning ikki nafari xizmatga qaytgan, qolganlar evakuatsiya qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)