AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 29-iyul kuni Parijga boradi va u yerda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan Falastin—Isroil mojarosini bartaraf etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Jon Kirbi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Kerri 29-iyul kechki payt Parijga jo‘naydi va Abbos bilan uchrashib, ‘ikki xalq uchun ikki davlat’ tamoyili istiqbollarini muhokama etadi”, — deya ta’kidladi Kirbi.
Kirbiga ko‘ra, muzokaralar 30-iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng Davlat kotibi Vashingtonga qaytadi.
Izoh (0)