Belgiyaning Meyze shahridagi botanika bog‘ida dunyodagi eng katta gul hisoblanadigan Titan Arum yoki “Murda gul” gulladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Gul o‘zidan murda yoki sasigan baliqdan chiqadigan badbo‘y hid taratishi sababli ana shunday xunuk nomga ega. Gulni ko‘rmoqchi bo‘lganlarga uning yoniga dastro‘mol bilan yaqinlashish tavsiya etiladi.
Gulning uzunligi 1,9 metr, og‘irligi esa 18 kilogrammni tashkil etadi. 5–10 yilda bir marta gullaydigan gigant-o‘simlikning og‘irligi 100 kilogrammgacha yetishi mumkin.
Titan Arum 1878-yili Indoneziyadagi Sumatra orolida aniqlangan va aynan mahalliy aholi unga shunday xunuk nom bergan.
Izoh (0)