Buyuk Britaniya OAVlari tushkun ruhdagi bashoratlardan farqli ravishda mamlakat iqtisodiyoti Yevroittifoqdan ajralish to‘g‘risidagi referendumdan so‘ng tiklanish alomatlarini namoyish etayotganini xabar qilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Times nashrining “Ishonch uchun imkon” deb nomlangan maqolasida ta’kidlanishicha, Britaniya yalpi ichki mahsuloti joriy yil ikkinchi choragida 0,6 foizga o‘sdi. GSK (farmatsevtika) va McDonald’s (tez ovqatlanish tarmog‘i) kabi yirik korporatsiyalar mamlakatdagi bo‘linmalariga ko‘p millionli investitsiyalar kiritilishi va minglab yangi ish o‘rinlari yaratilishi haqida e’lon qilgan. Tadbirkorlar orasida ommalashgan London-Siti aeroporti ham kengaytirilishi va bunga 344 million funt sterling ajratilishi ma’lum bo‘ldi.
AQShning Wells Fargo banki Londonda 300 million funtga yangi shtab-kvartira xarid qildi. Taylor Wimpey developerlik kompaniyasi esa biroz tanaffusdan so‘ng yana bino va imoratlar tiklash uchun yer sotib olishni boshlagani bildirildi.
Izoh (0)