Rossiya Suriya hukumati bilan hamkorlikda Aleppoda keng ko‘lamli gumanitar operatsiyani boshlamoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Rossiya Federatsiyasi prezidenti topshirig‘iga binoan 28-iyul, payshanba kunidan boshlab Suriya hukumati bilan birgalikda Aleppo shahrining tinch aholisiga yordam berish bo‘yicha keng ko‘lamli gumanitar operatsiyaga kirishildi”, — deya ta’kidladi Shoygu.
Vazirning aytishicha, tinch aholi va taslim bo‘lish istagidagi jangarilar Alepponi uch yo‘lak bo‘ylab tark etishi mumkin. Bu yerlarda issiq ovqat va tibbiy yordam punktlari faoliyat ko‘rsatadi. Yana bir yo‘lak qurolli jangarilar uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, Moskva AQShdan ozod Suriya armiyasi otryadlari joylashgan hududlar manzilini olishni ko‘zlamoqda.
Izoh (0)