Italiya poytaxti Rim yaqinidagi Frattokye aholi punktida joylashgan kichik villada 27-iyul, chorshanba kuni ro‘y bergan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jiddiy jarohatlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Villada yashovchi ikki erkak va ikki ayol yaralangani, ularning qo‘shnisi esa voqea qurboni bo‘lgani bildirilmoqda.
Portlash sababi hozircha aniq emas. Hodisa joyida to‘rtta o‘t o‘chirish brigadasi ish olib bordi.
Izoh (0)