Rossiyada kelajakda mamlakat fuqarolarining barchasi haqidagi ma’lumotlardan iborat IT-resurs paydo bo‘lishi kerak. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ushbu masala hukumat majlisida muhokama qilinishini aytdi, deb yozadi “RBK”.
Hukumat rahbari aniqlik kiritishicha, 2015-yilda elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlaridan rossiyaliklar 100 million martadan ko‘proq foydalangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya fuqarolarining 40 foizi xizmatlarga elektron shaklda ega bo‘lmoqda. 2018-yilgacha ushbu ko‘rsatkichni 70 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)