Rossiya va Turkiya “Turk oqimi” gaz tarmog‘i loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni tikladi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining o‘rinbosari Yuriy Sentyuringa tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Sentyuringa ko‘ra, muzokaralar boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, hozircha hech qanday qaror qabul qilinmadi. 26-iyul, seshanba kuni Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich turkiyalik hamkasbi Mehmet Shimshek bilan uchrashdi va tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni tiklashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Dvorkovich oldinroq Rossiya va Turkiyaning qo‘shma loyihalari, jumladan, “Turk oqimi” o‘z kuchida qolishini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirilgach, Turkiya hududi bo‘ylab o‘tadigan gaz tarmog‘i loyihasi ustidagi ishlar muzlatilgandi.
Izoh (0)