Abxaziya bosh vaziri Artur Mikvabiya iste’foga chiqish haqida ariza yozdi. Bu haqda u respublika vazirlar mahkamasining navbatdan tashqari majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Interfaks”ga bergan intervyusida Mikvabiya arizani prezident Raul Xajimbaga topshirganini aytdi. Iste’fo sabablari haqidagi savolga javoban, u arizani o‘z xohishiga binoan yozganini ta’kidladi. Qarori sabablarini bosh vazir ma’lum qilmadi.
10-iyul kuni Abxaziyada kam kishi hozir bo‘lgani uchun muddatidan avvalgi prezident saylovlarini o‘tkazish haqidagi referendum amalga oshmay qoldi. Shundan so‘ng Xajimba ijro etuvchi hukumatni, shuningdek, mamlakat kuch tuzilmalarini kuchaytirish niyatini ma’lum qildi.
Izoh (0)