Germaniyaning Ansbax shahri markazidagi restoranlardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi, natijada kamida bir kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru” mahalliy nashrlarga tayanib.
Ta’kidlanishicha, yana bir necha kishi jiddiy jarohatlar olgan.
“Men bilgan yagona narsa — u yerda portlash yuz bergani”, — dedi shahar politsiyasi vakili.
Ayni paytda politsiya va qutqaruv xizmatlari hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyaga jalb qilingan.
Xabarlarga ko‘ra, portlash joyi yaqinida uch kunlik musiqiy festival bo‘lib o‘tmoqda. Hukumat uni bekor qilishga qaror qildi, festival mehmonlari shoshilinch tarzda evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)