Jurnalist Pavel Sheremet o‘ldirilishining asosiy sababi sifatida professional faoliyati ko‘rilmoqda. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
“Tergov barcha taxminlarni ko‘rib chiqmoqda, lekin asosiysi — Pavelning professional faoliyati uchun o‘ch olinishi. Mazkur tumanda yashaganlarning ko‘rsatmalarini olyapmiz, guvohlar, shuningdek, Pavelning yaqinlarini so‘roq qilyapmiz”, — deb ta’kidladi Lutsenko.
Prokurorga ko‘ra, 25-iyul, dushanba kuni portlash texnikasi va avtotexnika ekspertizasini o‘tkazishga ekspert sifatida jalb etilgan AQSh FQB xodimlaridan ilk ma’lumotlar olinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pavel Sheremet 20-iyul kuni tongda Kiyevda halok bo‘ldi: u ishga ketayotgan mashinada portlovchi qurilma harakatga keldi. Politsiya uning o‘limini qasddan qotillik sifatida baholadi.
Izoh (0)