Qo‘shma Shtatlar Marokashning Afrika ittifoqiga (AI) qaytish istagini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda qirollikka tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Entoni Blinken ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Qirollik AIga qaytish haqida so‘raganidan mamnunmiz. Bu muhim qadam, Marokashning ittifoq tarkibida bo‘lishi butun Afrika uchun naf beradi. AQShning strategik sherigi ovozi AI kengashida eshitilishi juda ijobiy natija”, — ta’kidladi Blinken.
1984-yili Marokash Afrika birdamligi tashkiloti (hozirgi AI) tarkibidan chiqqandi. Bunga ittifoqqa mamlakat o‘z hududi hisoblaydigan, G‘arbiy Sahroi Kabir mustaqilligi uchun kurashayotgan Sahroi Kabir arab demokratik respublikasi qabul qilingani sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)