Germaniya janubidagi Roytlingen shahrida machete (uzun va ingichka pichoq) bilan qurollangan erkak bir ayolni o‘ldirdi va yana ikki kishini yaraladi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Hujum qilgan shaxsni politsiya hibsga oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda, go‘yoki, hujum qilgan erkak aks etgan fotosuratlar tarqala boshladi. Suratlarda yuziga qon tegib, trotuarda yotgan erkak va uning tepasida turgan politsiyachilarni ko‘rish mumkin.
Jinoyatchining maqsadi hozircha noma’lum. The Daily Star xabariga ko‘ra, u suriyalik qochoq bo‘lgan.
Izoh (0)