Jorjiya texnologiya instituti (AQSh) muhandislari DURUS robotini 45-o‘lchamdagi oddiy kedalarda harakatlanishga o‘rgatdi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yaqingacha inson harakatiga o‘xshash tarzda bir necha kilometr yurishga qodir avtonom mexanizmni ishlab chiqishga hech kim kirishmagandi. Ikki oyoqli robotlar ancha notabiiy harakatlanadi. Keda kiygan DURUS esa yurish chog‘ida o‘z og‘irligini ehtiyotlik bilan tovondan oyoq uchiga oladi.
https://www.youtube.com/watch?v=1fC7b2LjVW4
Muhandislar robotlar harakatlanishi uchun g‘ildirak yoki zanjirli tasmalardan foydalanish ma’qulroq ekanligini ta’kidlaydi. Biroq mazkur institut avtomatizatsiya va mexatronika kafedrasi dotsenti Aaron Eymsga ko‘ra, kelajakda robotlarga zinapoyalardan ko‘tarilish yoki tor yo‘laklardan yurish malakasi talab etilishi mumkin. Bunda esa aynan inson kabi harakatlanish o‘quvi zarur bo‘ladi.
Izoh (0)