Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rikardo Kuarejma Yevro—2016 g‘olibi medali tilladan bo‘lsa, sotishga tayyorligini bildirdi. Shunindek, futbolchi qit’a birinchiligida portugaliyaliklar muvaffaqiyatiga ishonmagan tanqidchilarni eslab o‘tdi, deya xabar beradi “Sport-Ekspress”.
“Medalni nima qilasiz deysizmi? Agar u oltindan bo‘lsa, sotib yuboraman. Tanqidchilarimizga kelsak, oxirgi kunlarda negadir ularning ovozi chiqmay qoldi. Ularning kitoblari, jurnal va maqolalari yaxshiroq sotiladi, deb umid qilaman. Ammo sotuvlarning yaxshi ekanligi ular futbolni boshqalardan ko‘ra tuzukroq tushunishini anglatmaydi”, — dedi Kuarejma.
Izoh (0)