Portugaliya termasi himoyachisi Sedrik hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoaning Yevro-2016’dagi Fransiyaga qarshi final o‘yinida qo‘shgan hissani qayd etdi, deb yozadi “Chempionat”.
Ronaldu jarohat olgani tufayli, maydonni 25-daqiqada tark etishga majbur bo‘ldi, biroq, Sedrik so‘zlariga ko‘ra, forvard jamoaga tanaffus paytida o‘z nutqi bilan shijoat bag‘ishladi.
“Meni eshitinglar, musobaqada g‘olib bo‘lishimizga ishonaman, shunday ekan, birgalikda kurashishda davom eting, g‘alaba uchun o‘ynang”, — degan Krishtianu.
“Bu ajoyib nutq bo‘ldi. Biz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qildik, shu tufayli, jamoamizni yengish qiyin bo‘ldi. Ronaldudagi fantastik kayfiyat boshqalarga ham o‘tdi. U tanaffus vaqtida bizga juda katta yordam berdi, unda doim biz uchun g‘ayratlantiruvchi gaplar topiladi”, — dedi Sedrik.
Izoh (0)