Istanbul prokuraturasi 11 nafar rossiyalikka nisbatan Otaturk nomli aeroportdagi teraktga aloqadorlik bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, 6 nafar Turkiya fuqarosiga ham shunday ayblov ilgari surilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mazkur teraktga Qirg‘iziston, Tojikiston va Dog‘iston fuqarolari aloqador ekanligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)