Iroq poytaxtida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 250 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Oldinroq portlashlarda 213 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Iroqda teraktlar muntazam ravishda ro‘y berib turadi, biroq Bag‘doddagi so‘nggi portlashlar AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari mamlakatga bostirib kirgan 2003-yildan beri qurbonlar soni bo‘yicha eng yirigi bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)