AQSh prezidenti Barak Obama Shimoliy Karolina shtatidagi saylovchilar oldidagi chiqishi chog‘ida to‘planganlarni Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton uchun ovoz berishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Hillari Klintonga ishonganim uchun bugun shu yerda turibman. Unga estafetani berishga tayyorman, uning o‘zi ham bunga shay turibdi. Prezident kabinetini egallashga u singari tayyorgarligi bo‘lgan biror kishini bilmayman”, — deya ta’kidladi Obama.
Obama va Klinton Shimoliy Karolinaga prezident samolyotida birga uchib keldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh rasmiylari shaxsiy kompyuter serveridan xizmat yozishmalarini olib borish uchun foydalangan Hillari Klintonga nisbatan jinoiy ayblov e’lon qilish niyatida emasligi bildirilgandi.
Izoh (0)