Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan yozilgan va ijro etilgan qo‘shiqqa ishlangan birinchi videoklip YouTube’ga joylashtirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“‘Taqdirga qasdma-qasd’ deb nomlangan bu tarona ilk qo‘shiqlarimdan biri va u hayotimda go‘yoki shior kabi bo‘lgan. Juda ko‘p marotaba, taqdirga qasdma-qasd qiyinchiliklarni yengib o‘tishimda yordam bergan”, — deya ta’kidlaydi muallif qo‘shiq avvalida.
Videoklipda “Qirg‘izfilm” kinostudiyasida suratga olingan va o‘zbekistonlik aktyor Talgat Nigmatulin bosh rolni ijro etgan “Xilvatdagi muhabbat” filmidagi lavhalardan foydalanilgan. Klip o‘tgan dam olish kunlari internetga joylashtirildi va sutka mobaynida 53 ming marotabadan ko‘proq ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, 17-sentabrda 60 yoshga to‘ladigan Atambayev 1983-yili sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan. Hozirda jamoatchilik asosida Qirg‘iziston adabiyot jamg‘armasini boshqaradi.
Izoh (0)