Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy mintaqaviy masalalar, jumladan, Suriya borasida AQSh bilan har qanday munosabatlar imkoniyatini rad etdi. Bu haqda u 2-iyul, shanba kuni Tehronda talabalar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Regnum

Foto: Regnum

Qo‘shma Shtatlarda yangragan Eron bilan mintaqaviy, xususan, Suriya masalasida hamkorlik haqidagi bayonotlarga izoh berar ekan, Xomanaiy “biz bunday hamkorlikka bormaymiz, chunki AQShning asosiy maqsadi Eronning mintaqadagi ishtirokiga barham berishdan iborat. O‘z navbatida, Eron ham AQSh mintaqa ishlariga aralashmasligi va bu yerda hozir bo‘lmasligini istaydi”, — dedi.

Oyatulloh Vashington qutqusi ostidagi harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

“Eron rivojlanish uchun G‘arbga tayanishi kerak deb ishonayotganlar aqlini yig‘ib olsin. Men bunga oxirgi nafasimgacha qarshilik qilishni o‘zimning ma’naviy va diniy burchim deb bilaman”, — ma’lum qildi Xomanaiy.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“O‘ylamasdan rol ijro etish”. Gollivud yulduzi Entoni Xopkins Marvel filmlarini tanqid qildi
Mahalliy
O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi (foto) 
Mahalliy
O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli tasdiqlandi