Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida shiddatli yomg‘irlardan so‘ng yopirilgan sel oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi. Yana 39 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda 2-iyul, shanba kuni shtat politsiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotiga ko‘ra, Chamoli hamda Pitoragarx tumanlaridagi olti qishloqda 60 dan ortiq uyni loy va tosh bosdi. Vayronalar ostida 100 ga yaqin kishi qolib ketdi, 200 boshdan ortiq qoramol nobud bo‘ldi.
Qutqaruv ishlariga tezkor munosabat kuchlari va armiya bo‘linmalari jalb etildi, biroq davom etayotgan jala ishlarning borishini qiyinlashtirmoqda.
Metereologlarga ko‘ra, jala yana uch kun davom etadi.
Izoh (0)