Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida xudkush terrorchi tomonidan 1-iyul, shanba kuni amalga oshirilgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Bu haqda TOLOnews telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Viloyat gubernatori vakili Otaulloh Xogiyaniga ko‘ra, portlash Jalolobod shahrida, jangarilarga qarshilik kuchlari mahalliy yetakchisi uyi yaqinida sodir bo‘ldi. Uning o‘zi hujumda jabrlanmadi.
Viloyatda afg‘on xavfsizlik kuchlarining IShID jangarilariga qarshi operatsiyasi davom etmoqda. Nangarxar gubernatori Salim Qunduziyning ta’kidlashicha, so‘nggi hafta mobaynida viloyatda 225 nafar terrorchi yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)