Tojikistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qo‘yilgan taqiq va turmush quruvchi shaxslarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish majburiyatini yuklovchi nizom kuchga kirdi, deb yozadi “Interfaks”.
Avvalroq respublika oila kodeksiga to‘liq va noto‘liq (otasi yoki onasi umumiy bo‘lgan) aka-uka va opa-singillar, aka-uka va opa-singillarning bolalari, amaki-tog‘a va jiyanlar, amma-xola va jiyanlar o‘rtasidagi nikohlar taqiqlanishi haqida tuzatishlar kiritilgan edi. Bir ayolning suti bilan boqilgan shaxslar o‘zaro turmush qurishi ham man qilingan.
Bundan tashqari, nikohdan oldin majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish haqidagi modda kuchga kirdi. Endi oila qurish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatidan tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham o‘rin oldi.
Izoh (0)