AQShning Texas shtati Penxendl shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida kuchli yong‘in yuzaga keldi, deya xabar bermoqda “TASS”. Hukumat shaharcha aholisini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi.
Mashinistlardan biri lokomotivdan o‘z vaqtida sakrab tushib, omon qoldi, uning uch hamkasbining taqdiri, hamon davom etayotgan yong‘in tufayli, hozircha noma’lum.
Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdlar bitta temir yo‘l bo‘ylab, bir-biriga qarab harakatlangan, halokat natijasida vagonlarning katta qismi relslardan chiqib ketgan, ularning bir qismi yonib ketgan. Tergovchilar tezlik soatiga 112,7 kilometrgacha cheklangan hududda ikkala poyezd qanday tezlikda harakatlanganini aniqlamoqda.
AQShning Transportda xavfsizlik milliy boshqarmasi halokat ro‘y bergan vaziyat puxtalik bilan o‘rganila boshlaganini ma’lum qildi. To‘qnashuv yuz bergan yo‘l qismida GPS, radiostansiya va kompyuterlarni yoqadigan, poyezdlar harakati ustidan nazorat tizimi o‘rnatilmagani aniqlandi. Ushbu PTC tizimi noqulay ob-havo yoki ta’mirlash ishlari borayotgan yo‘l hududlarida tezlikni avtomatik tarzda pasaytirish imkonini beradi.
Izoh (0)